Agar Amerikaga Green Card Chiqmasa

Agar Amerikaga Green Card Chiqmasa

by | Mar 20, 2023 | 3 comments

AQSh grin karta immigratsiya dasturiga har yili Ozbekistondan 2mlnga yaqin inson topshiradi. Bu dastur esa har yili 50ming inson tanlab oladi. Bu butun dunyo boyicha va dunyoda 193ta rasmiy davlat bor. Tasavvur qilaylik 100 davlat bor va ortacha olganda har biridan 500ta tanlanib olinadi. Agar 2 million odam topshirsa – unda sizga green card chiqish ehtimoli 0.025%. Endi teskarisiga oylang – 99.97% ehtimol sizga grin karta chiqmaydi. Garchi biz doim yaxshi niyat qilamiz albatta, ammo hayotimizni faqat ehtimolga tasholmaymiz va boshqa alternativ yo’llarni ham oylashimiz kk.

Dunyoda immigrasiyasi ochiq bolgan turli hil davlatlar bor va ularni immigratsiya qoidalari turli hil. Masalan ish topmasdanam bal yig’ib immigratsiya qilish mumkin bo’lgan davlatlar – Kanada, Avstralia va Yangi Zealaniya.

Bundan tashqari yana eng mashxur usul, ish topib work permit bilan borib yashash mumkin bolgan joylar va bunday davlatlar juda kop, hususan Yevropa davlatlari. Ammo bu yolda muammo – ish topish, chunki chetdan turib ish topish qiyin. Asosan bu joylarda o’qigan bolishingiz kk, oqishdan keyin ish topib, ozingizga work permit chiqartirib yashash huquqiga ega bo’lishingiz mn. Yana kop davlatlar investitsiya va biznes orqali immigratsiya huquqini beradi, bazi uy sotib olsa ham propiska beradigan davlatlar bor, ammo bu yo’ldagi muammo ancha sarmoya kiritishingiz kerak va hammamizniyam bunaqa imkoniyatimiz yoq.

Shuning uchun men Kanada immigratsiyasini yaxshi koraman, shu jumladan Avstralia and Yangi Zelandiyanikini ham, chunki ballik sistemada bu o’zingizga bog’liq – til, daraja, va boshqa kriteriyalarni bajarasiz va o’tib ketishingiz mn. To’g’ri osonmas, ammo masalan men umrimni faqat lotereyaga bog’lashni xohlamasdim. 

Endi ish topib immigratsiya qilishga kelsak, buni kop davlatlarga qilish mn, faqat Kanada kabi davlat ish orqali immigratsiya jarayonini nisbatan osonlashtirgan. Masalan Kanada davlatining rasmiy chet elliklar uchun ish joylaydigan websiti bor.

Berilgan websiteda ishxona royhatini topasiz, ularga kk li ishlar nima qaraysiz, osha ishda ozgina ishlar tajriba korsatasiz, ozgina ingliz tili organasiz va ishga topshirib qabul qilinsangiz ishxonani ozi sizga work permit chiqartirib, hatto harajatlarni qoplab opkeltirishi mn. 

Yana shunday ham bo’lishi mumkin, yoshingiz nisbatan katta va bu yo’llardann o’tish imkoniyati past bo’ladim, ammo bu holatda ham, agar farzandingiz bolsa, uni jo’natib, aytaylik oqishga, u orqali kelsangiz bo’ladi. Agar farzandingiz bu yerga yaxshi ornashib olsa, ish topsa, hammasi yaxshi bolsa, unda sizni chaqirtirishi mn va odatda ota-onaga Kanada uzoq muddatli viza beradi. 

Hullas, umidingizni uzmang, faqat ehtimolga ham tashlab qo’ymang  va imkoniyatlaringizni kengaytirib boring! Mavzuga aloqali youtube kanalimdagi boshqa videolar:

3 Comments

  1. Ahadjon

    Assalomu alaykum Amira opa, juda ham savobli ishga qo’l uribsiz.

    Reply
  2. None

    Hello,It is good

    Reply

Submit a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Biz Haqimizda

Amira Karimova

Amira Karimova

Men, Amira – Data Scientist, Mentor,

Youtuber va Blogger

So'nggi Maqolalar

Qaysi Kasblarni Tanlash Kerak

Bundan bir muddat avval youtube kanalimga ushbu videoni joylagandim. Ko’rish va feedbacklar juda ijobiy bo’ldi va haligacha bu videyom aktualligini yo’qotgani yo’q. Unga ko’ra hozirdagi eng yuqori-talab kasblar: 8. Mutahassis-Ustalar (Skilled Trades) 7. Sog’liq...

read more

“Dovud va Goliat” – Kitob Xulosasi

Malcolm Gladwell tarafidan yozilgan “David and Golliath” kitobi hayotimda chuqur iz qoldirgan va xatto amalda ko’p qo’llaganman. Ayniqsa Kanadaga immigratsiyada va farzandlarimga ta’lim jihatdan eng to’g’ri yo’l tanlashda (do’stlar, bu kitobni inglizcha nomini yozdim,...

read more

Tags