Bundan bir muddat avval youtube kanalimga ushbu videoni joylagandim. Ko’rish va feedbacklar juda ijobiy bo’ldi va haligacha bu videyom aktualligini yo’qotgani yo’q. Unga ko’ra hozirdagi eng yuqori-talab kasblar:
8. Mutahassis-Ustalar (Skilled Trades)
7. Sog’liq hodimlari
6. Transport va Logistika mutahassislari (xaydovchilar, dispeytcherlar va h.k.)
5. Tijorat Savdo mutahassislari / Marketing (Salespersons)
4. Biznes Avtomatlash (RPA)
3. Cyber-Xavfsizlik, Databaza Mutahassisi, Digital Arxitektor
2. IT Developerlar
1. Big Data, Analitika, Sun’iy Intellekt
Kim bo’lmoqchisan, qaysi sohani oqimoqchisan savoliga javob berish har doim qiyin bo’lgan, ammo hozirda bu ayniqsa qiyin. Chunki zamon, tehnologiya va trendlar shunday tez ozgaryaptiki, biz bir oqishga kirib 4 yil keyin bitirginimizcha oqiganlarimiz eskirib oldimizga umuman boshqacha talablar va ish trendlari chiqmoqda. Xatto zamonaviy hosiblangan mening hozirgi soham data science ham, 4 yil oldin kora ancha farq bor va hozir boshqacha programmalar va uslublar ishlatyapmiz.
Shuning uchun, aynan hozirgi trendlarga qarab emas yoki eng yuqori-talab ishlar reytingiga qarab emas, siz qiziqqan va siz boshqalardan ko’ra eng yaxshi qila oladigan kasbni tanlang va uni zamonaviy variantini bilib, o’rganib boring. Masalan data science juda yangi soha, aslida uni asosi – statistika. Ma’lumot ko’payganidan keyin, dasturlash orqali bu ma’lumotlarni boshqara olishni tushunib yetdik, ammo boshqarish va ma’no chiqarish uchun ham statistikaga ehtiyojimiz bor edi. Men. oldindan iqtisodchi-statistikachi bo’lganim uchun bu kasbni eski versiyasida emas, yangi versiyasini o’rganishni boshladim va mustahkam dundamentga ega bo’lganim uchun va buni ustiga bu sohaga juda qiziqqanim uchun bu sohada Kanadada ish topishga ham, ishimda ko’tarilishga ham qiynalmadim. Buni ustiga sohamni boshqa narsalarda va ishlarda ham, masalan ijtimoy media faoliyatimda ham ishlata olaman va menga yordam beradi.
Huddi shunday sizni qiziqqan sohangizni ham zamonaviy versiyasi albatta bor! Agar uni topa olsangiz va unga o’zingizni kvalifikatsiya qilolsangiz – siz har yerda va har vaqtda ham ish topa olasiz, ham o’z ishlaringizda uni ishlata olasiz va kerak bo’lsa biznesingizni ham unga ko’ra ocha olasiz!
Hulosa qilib shuni aytish kerakki, qiziqqan va qilishni yotirgan narsangizdan voz kechmang, ammo albatta bu mening qiziqishim deb sizga daromad, foyda va yacshi hayot standardlarini olib kelmaydigan ishda ham qolib ketmang. Idealda, to’g’ri tanlangan va rivolantirib borilgan har qanday soha sizni yuqorilarga ko’tarishi kerak va kerak bo’lsa hamma joyda ish topa olishingiz kerak. Albatta ozgina qo’shimcha narsalarni o’rganishga to’g’ri keladi, masalan rezyume tayyorlash va o’zingizni bildira olish (visibility) ish beruvchilarga, kliyentlarga va h.k. Yaxshiyamki meni rezyume kurslarim ham bor, xohlasangiz unga yozilib tez muddatda o’rganib olishingiz mumkin. Ammo avvalambor, aytganimdek “Qaysi kasbga eng kop qiziqasiz va uni zamonaviy shaklini bilasizmi?”.


0 Comments